fbpx Betguru » FIFA 2030 yildagi JChda ishtirokchilar sonini 48 tadan 64 tagacha oshirishni qo’llab-quvvatlamoqchi
Thursday, 16 October 2025
← Go to the news

FIFA 2030 yildagi JChda ishtirokchilar sonini 48 tadan 64 tagacha oshirishni qo’llab-quvvatlamoqchi

Mazkur loyiha KONMEBOL prezidenti tomonidan taqdim etilgan.
FIFA 2030 yildagi JChda ishtirokchilar sonini 48 tadan 64 tagacha oshirishni qo’llab-quvvatlamoqchi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2030 yildagi jahon chempionatida ishtirokchi jamoalar sonini 48 tadan 64 tagacha oshirishni qo’llab-quvvatlamoqchi. Bu haqda Ole nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi prezidenti Alejandro Dominges tomonidan taqdim etilgan. Agar taklif ma’qullansa, turnir har biri 4 ta jamoadan iborat 16 guruh formatida o’tkaziladi.

O’yinlar 6 davlatda bo’lib o’tadi. Dastlabki uchrashuvlar Urugvay, Paragvay va Argentinada, asosiy bosqich esa Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o’tkaziladi. Jahon chempioni bo’lish uchun jamoaga 8 ta o’yin o’tkazish talab etiladi.

Bundan avval FIFA 2031 yildagi ayollar jahon chempionatida ishtirokchi jamoalar sonini 48 tagacha oshirish haqida qaror qabul qilgandi. Unga qadar turnirlarda 32 ta jamoa ishtirok etib kelayotgandi.

image