← Go to the news
31.07.2025
78
Futbol
Morata ‘Galatasaray’ mashg’ulotlarida qatnashmayapti
U shu yozda ‘Como’ga o’tishni xohlamoqda.
Morata ‘Galatasaray’ mashg’ulotlarida qatnashmayapti
‘Galatasaray’ futbolchisi Alvaro Morata seshanba kuni jamoa mashg’ulotiga kelmadi. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabuncuog’lu xabar berdi.
Transfer huquqi ‘Milan’ga tegishli bo’lgan 32 yoshli hujumchi Ispaniyadan hali hanuz qaytmagan. U shu yozda ‘Como’ga o’tishni xohlamoqda.
Ma’lum bo’lishicha, ‘Galatasaray’ Morata bilan ijara shartnomasini bekor qilish uchun 6 million yevro talab qilmoqda. Mazkur kelishuv 2026 yil 20 yanvargacha mo’ljallangan edi.
Alvaro o’tgan mavsum Turkiya Superligasida 12 ta o’yin o’tkazib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq Morata ‘Como’ bilan kelishuvga erishgani ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan