fbpx Betguru » A Seriya. «Roma»ning 19 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga Bergamoda barham berildi
Monday, 16 June 2025
← Go to the news

A Seriya. «Roma»ning 19 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga Bergamoda barham berildi

Italiya A Seriyasi 36-turida «Roma» safarda «Atalanta»ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Mehmonlar safida yagona golga Kristante mualliflik qildi. Mezbonlarning ikki goli esa Lukman va Sulemana nomiga yozib qo‘yildi. Rimliklar safida o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 85-daqiqada zaxiraga olindi.

Mazkur natijadan so‘ng bergamoliklar 71 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. 63 ochkosi bor Rim klubi esa 6-pog‘onani band etgan.

A Seriya 36-tur

Atalanta – Roma 2:1

Gollar: Lukman 9, Sulemana 76 – Kristante 32.

Atalanta: Karnezekki, De Ron, Kossunu, Jimsiti, Bellanova (Rujeri 82), Ederson, Pashalich (Sulemana 68), Zappakosta, De Ketelare (Samarjich 68), Lukman (Breshianini 88), Retegi (Maldini 88).

Roma: Svilar, Chelik, Manchini, Ndika, Rensh (Pisilli 57), Kristante, M. Kone (El-Shaaravi 85), Anxelino, Sule, Shomurodov (Baldansi 85), Dovbik (Salemakers 86).

Ogohlantirishlar: Jimsiti 90.

image