fbpx Betguru » Holand 2026 yil yozida La Liga grandiga o‘tishi mumkin
Monday, 16 June 2025
← Go to the news

Holand 2026 yil yozida La Liga grandiga o‘tishi mumkin

«Barselona» 2026 yil yozida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bu haqda Ispaniyaning El Nacional nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, «ko‘k-anorranglilar» 175 mln yevro topish ishlarini boshlashgan. Kelasi yil norvegiyalik futbolchining tovon puli aynan shuncha bo‘ladi.

Transferni kataloniyaliklarning moliyaviy holati qiyinlashtirishi mumkin. Vaziyat biroz yaxshilangan bo‘lsa-da, hamon yuqori maoshlar va qarzlar mavjud.

Manbaga ko‘ra, «Barsa» 24 yoshli forvardni kelasi yozda shartnomasi tugaydigan Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

O‘z navbatida Holand «Real»ni emas, «Barselona»ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda.

Hujumchi bu mavsumda «Siti» safida 41 o‘yinda 30 gol urdi.

Avvalroq ham Erling «shaharliklar» safini tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.

image