fbpx Betguru » O‘zbekistonning BAA va Qatarga qarshi o‘yinlariga hakamlar tayinlandi
Sunday, 15 June 2025
← Go to the news

O‘zbekistonning BAA va Qatarga qarshi o‘yinlariga hakamlar tayinlandi

O‘zbekiston milliy jamoasi iyun oyida JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida BAA va Qatarga qarshi o‘ynaydi.

Unga ko‘ra, BAA – O‘zbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshchiligidagi hakamlar brigasida boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Qatar o‘rtasidagi Toshkentdagi o‘yinni xitoylik hakamlar brigasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam Jin Jingyuan, VARda esa Fu Ming faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston navbatdagi turda 5 iyun kuni BAA milliy jamoasi mehmoni bo‘ladi. Guruhning so‘nggi uchrashuvida esa 10 iyun kuni Toshkentda Qatarni qabul qiladi. Temur Kapadze boshchiligidagi milliy jamoa «A» guruhida 17 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 uchun Osiyoga 8,5 o‘rin ajratilgan. Uchta guruhdan 2tadan jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqsa, guruhlardagi 3-4-o‘rindagi jamoalar pley-offlar orqali qolgan 2,5ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi. Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyun — 19 iyul kunlari AQSH, Kanada va Meksikaning 16ta shahrida bo‘lib o‘tadi.

image