fbpx Betguru » Anchelottining Braziliya milliy jamoasida oyiga qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Monday, 16 June 2025
← Go to the news

Anchelottining Braziliya milliy jamoasida oyiga qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti «Real» bilan xayrlashganidan so‘ng Braziliya milliy jamoasida ish boshlaydi.

ESPN xabar berishicha, italiyalik 65 yoshli mutaxassis 26 may kunidan boshlab Braziliya milliy jamoasini qabul qilib oladi va iyun oyida turgan o‘yinlarga tayyorlaydi.

Manbaga ko‘ra, Anchelotti yangi ish joyida oyiga 770 ming yevro atrofida maosh oladi. Bu esa Braziliya tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylantiradi.

Karlo Braziliyadagi faoliyati davomida yiliga 9,2 mln yevrodan ko‘proq maosh olishi shartnomada ko‘rsatilgan. Bu avvalgi murabbiylar Tite va Dorival Juniorning daromadidan ikki baravar ko‘p.

image