fbpx Betguru » Gvardiola De Bryuynega o‘rinbosar topdi
Monday, 16 June 2025
← Go to the news

Gvardiola De Bryuynega o‘rinbosar topdi

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Bayer» futbolchisi Florian Virs transferiga qiziqmoqda.

Murabbiy Virsni De Bryuynega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda insayder Kristian Falk ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» Florian uchun «Bavariya»ga qarshi kurashishga tayyor va jamoa agentlari futbolchining vakillariga taklif yuborgan.

«Manchester Siti» germaniyalik hujumchining transferini yozdayoq amalga oshirmoqchi. Chunki bu transferga «Bavariya» ham jiddiy kirishgan.

Ma’lumot uchun, Virs joriy mavsum «Bayer» safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta assist amalga oshirdi.

image