← Go to the news
                
                
                    
                        
                            
                        
                             
                    
                    
                
            
            
                
    
    
            
        
                
                            02.10.2024
                                                                  338
                                    
                            Futbol
                        Futzal bo‘yicha JCH-2024. Argentina Qozog‘istonni yirik hisobda mag‘lub etib, so‘nggi yarimfinalchiga aylandi
Argentina
Futzal bo‘yicha JCH-2024 chorakfinali doirasidagi so‘nggi bahsda qo‘shni Qozog‘iston milliy jamoasi amaldagi vitse-chempion Argentinaga qarshi saf tortdi.
Toshkentdagi «Humo Arena»da o‘tgan bahsda qozog‘istonlik yuzlab muxlislar o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, Argentina raqibidan tajriba bobida ustunligini ko‘rsata oldi. Bahsda Janubiy Amerika qit’asi vakili 6:1 hisobida zafar quchdi va yarimfinalga yo‘llanma olgan so‘nggi jamoaga aylandi.
Shu tariqa, Argentina yarimfinalda Fransiyaga qarshi parketga chiqadi. Ikkinchi juftlikda Braziliya va Ukraina to‘qnash keladi. O‘yinlar 2-3 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Futzal. JCH-2024. 1/8 final.
Qozog‘iston – Argentina – 1:6
                
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan