fbpx Betguru » «U mendek intizomli bokschi» – Krouford Madrimovning kuchli jihatlarini sanadi
Saturday, 5 July 2025
← Go to the news

«U mendek intizomli bokschi» – Krouford Madrimovning kuchli jihatlarini sanadi

Terens Krouford ham Isroil Madrimovga qarshi jangdan keyin raqibining kuchli jihatlarini sanab, o‘zbekistonlik bokschini maqtadi.

«Isroilning yuqori vaznga o‘tishidan cho‘chiymanmi? Yo‘q, chunki Madrimov 72-76 kg vaznda ham bemalol raqobat qila olardi. Havaskorlar boksida u bundanam yuqori vaznlarda jang qilib, muvaffaqiyatga erisha olgan. U katta, juda kuchli va chidamli bokschi. Oyoqda juda tezkor, gavdasi bilan yaxshi ishlaydi va menga o‘xshagan intizomli bokschi», — deydi Terens Krouford jangdan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov professional faoliyatidagi 11-jangida hakamlar qarori tufayli ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Terens esa 41-jangida ham g‘alaba qozondi va WBA kamarini qo‘lga kiritib, 4 ta vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.

image