 
                Saudiya Pro Ligasi. «An Nasr» 8:0 hisobida g‘alaba qozondi, Ronalduda yana het-trik
Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.
«An Nasr» (62) safarda «Abha» (22, 17-o‘rin) darvozasiga javobsiz 8 ta to‘p kiritdi. Bir bo‘lim o‘ynagan Ronaldu het-trik (ikki gol jarimadan) va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 39 yoshli hujumchi qatorasiga ikkinchi bahsda 3 ta gol urdi.
Peshqadam «Al Hilol» (74) esa «Al Ahdud» (24, 15-o‘rin) darvozasini 3 bor ishg‘ol qilib, 2-o‘rindagi «An Nasr» bilan 12 ochkolik farqni saqlab qoldi.
Saudiya Pro ligasi. 26-tur. 2 aprel
Abha — An Nasr 0:8
Gollar: Ronaldu (11, 21, 42), Mane (33), As Sulayhi (44), G‘arib (51), Al Alavi (63, 86).
An Nasr – Ospina, Bushal, Laport, Al Fatil, Telles (An Nahli, 65), Otavio, As Sulayhim (Al Hasan, 58), An Naji, Mane (Al Alavi, 46), Garib (Aman, 69), Ronaldu (An Nemer, 46).
Al Hilol — Al Ahdud 3:0
Gollar: Ash Shahri (16), Malkom (66), Salim Ad Dosari (73).
Al Hilol – Bunu, Abdulhamid (Al Burayk, 69), Kulibali, Al Bulayhi, Lodi (Ash Shahroni, 69), Milinkovich-Savich, Ruben Nevesh, Salim Ad Dosari (Al Faraj, 77), Maykl Richard, Malkom (Al Qahtoni, 77), Ash Shahri (Al Hamdan, 69).
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan