fbpx Betguru » A Seriya. Turindagi gollar shousida «Yuventus» «Atalanta» bilan jangovar durang qayd etdi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

A Seriya. Turindagi gollar shousida «Yuventus» «Atalanta» bilan jangovar durang qayd etdi


Italiya chempionatining 19-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi va gollarga boy bahsda jangovar durang qayd etdi.

Mezbonlardan Di Mariya, Milik va Danilo, mehmonlardan Lukman (2ta) hamda Mele gol urdi.

Turin klubi 23 ochko bilan 9-o‘ringa, «Atalanta» 35 ochko bilan 5-pog‘onaga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, moliyaviy qallobliklar tufayli «Yuventus»dan 15 ochko olib tashlangan, shu sabab jamoa 3-o‘rindan 10-pog‘onaga pastga tushib ketgandi.

A Seriya. 19-tur
Yuventus — Atalanta 3:3
22 yanvar, «Alyans Stedium»
Gollar: Di Mariya (25, penalti), Milik (34), Danilo (65) — Lukman (4, 53), Mele (46).
Yuventus – Shchensni, Sandro, Danilo, Bremer, Makkenni, Kostich (Keza, 61), Di Mariya (Miretti, 74), Rabo, Lokatelli, Fajoli (Kuadrado, 81), Milik (Ken, 74).
Atalanta – Musso, Hatebur, Palomino (Demiral, 15), Toloi, Skalvini, Mele (Rujeri, 84), de Ron, Ederson (Jimshiti, 83), Boga (Pashalich, 66), Lukman, Heylund (Muriel, 83).
Ogohlantirishlar: Ederson (49), Keza (90+2), Hatebur (90+2).

Bu yerda ishonchli bukmeker

image