fbpx Betguru » A Seriya. «Inter» «Monsa» bilan bahsda 90+3-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

A Seriya. «Inter» «Monsa» bilan bahsda 90+3-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Italiya chempionatining 17-turida «Inter» safarda debyutant «Monsa» bilan jangovar durang qayd etdi. Birinchi bo‘limda Darmian va Martinesning gollariga mezbonlardan Churria bir bor javob berdi, ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida Kaldirola muvozanatni tikladi.

Indzagi jamoasi ochkolarini 34taga yetkazib, 4-o‘rinda qoldi. «Monsa» 18 ochko bilan 14-pog‘onaga ko‘tarildi.

A Seriya. 17-tur
Monsa — Inter 2:2
7 yanvar, «Brianteo»
Gollar: Churria (11), Kaldirola (90+3) — Darmian (10), Martines (22).
Monsa – Di Gregorio, Birindelli (Kolpani, 73), Mari, Isso (Kaprari, 88), Marlon (Kaldirola, 46), Karlos Augusto, Pessina, Machin (Ranokkiya, 66), Petanya (Gyutkyayer, 66), Churria, Mota.
Inter – Onana, Darmian (Dumfris, 80), Acherbi, Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Gozens, 81), Mxitaryan, Chalxono‘g‘li (Aslani, 55), Barella (Galyardini, 63), Jeko (Lukaku, 55), Martines.
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (71), Galyardini (77), Shkrinyar (87).

image