fbpx Betguru » Ronaldu milliy jamoadagi o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordini takrorladi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Ronaldu milliy jamoadagi o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordini takrorladi


Krishtianu Ronaldu jahon chempionatidagi katta ehtimol bilan so‘nggi o‘yinida ham rekord qayd etdi.

37 yoshli portugaliyalik forvard JCH-2022 chorakfinali doirasidagi Marokashga qarshi o‘yinda maydonga tushib, Portugaliya milliy jamoasidagi o‘yinlari sonini 196taga yetkazdi. Bu portugallar safidagi mutlaq rekord natija.

FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, Ronaldu ushbu natija bilan Kuvayt milliy jamoasi forvardi Badr Al-Mutvaga tegishli jahon rekordini ham takrorladi. Kuvaytlik 37 yoshli forvard ham milliy jamoasi safida 196ta o‘yin o‘tkazgan va bu hozirgi kunga qadar rekord natija sanalardi. Har ikki hujumchi ham faoliyatini yakunlamagan va hali rekordni yangilash imkoniyatiga ega.

Qayd etish joiz, FIFA ma’lumotlaridan farqli o‘laroq, Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) bu boradagi jahon rekordchisi sifatida malayziyalik Son Chin Anni tan olgan – 219 o‘yin. Ammo FIFA bu futbolchining Malayziya safidagi aksariyat o‘yinlarini rasmiy bahs sifatida tan olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Marokashga mag‘lubiyatga uchrab (0:1), JCH-2022ni chorakfinalda yakunladi. Ronaldu maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi.

Avvalroq, Ronaldu eronlik Ali Dayini ortda qoldirib, milliy jamoalar safidagi gollari soni bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylangan edi.

image