fbpx Betguru » JCH-2022. Portugaliya Shveysariyaga 6ta gol urib, chorakfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandiJahon chempionatida 1/8 final bahslari yakunlandi.
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

JCH-2022. Portugaliya Shveysariyaga 6ta gol urib, chorakfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
Jahon chempionatida 1/8 final bahslari yakunlandi.

So‘nggi o‘yinda Portugaliya Shveysariyani tor-mor keltirdi. Ronaldu o‘rniga asosiy tarkibda maydonga tushgan 21 yoshli hujumchi Gonsalu Ramush het-trikka erishgan bo‘lsa, Pepe, Gerreyru va Leau ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Yagona javob to‘pini Akanji kiritdi.

E’tiborlisi, Ramush ushbu mundialdagi birinchi het-trik muallifiga aylandi.

Shu tariqa chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi:
9 dekabr
20:00. Braziliya — Xorvatiya
00:00. Niderlandiya — Argentina

10 dekabr
20:00. Marokash — Portugaliya
00:00. Fransiya — Angliya

JCH-2022. 1/8 final
Portugaliya — Shveysariya 6:1
6 dekabr, «Lusayl»
Gollar: Ramush (17, 51, 67), Pepe (33), Gerreyru (55), Leau (90+2) — Akanji (58).
Portugaliya – Koshta, Dalot, Pepe, Diash, Gerreyru, Karvalyu, Otavio (Vitinya, 74), Silva (Nevesh, 81), Fernandesh (Leau, 87), Felish (Ronaldu, 73), Ramush (Orta, 74).
Shveysariya – Zommer, Rodriges, Sher (Jemert, 46), Akanji, Fernandesh, Vargas (Okafor, 66), Jaka, Froyler (Zakariyo, 54), Sou (Seferovich, 54), Shakiri, Embolo (Yashari, 89).
Ogohlantirishlar: Sher (43), Jemert (59).

image