fbpx Betguru » Shchensni: «Polsha 95 daqiqa rasvo o‘ynadi. O‘yin xuddi 5 soat bo‘lgandek tuyuldi»
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Shchensni: «Polsha 95 daqiqa rasvo o‘ynadi. O‘yin xuddi 5 soat bo‘lgandek tuyuldi»


Polsha milliy jamoasi darvozaboni Voysex Shchensni JCH-2022 3-turidan o‘rin olgan Argentina (0:2) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Yuventus» posboni bellashuvda 11ta seyv qildi, Messining penaltidan yo‘llagan zarbasini qaytardi.

Polsha mag‘lubiyatga qaramay, 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi va 1/8 finalda Fransiyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

«Bu dahshatli va ajoyib edi. Bellashuv juda uzoq davom etdi. Menimcha, taxminan 5 soat.

Ammo keyingi bosqichga o‘tdik. Buni qanday qilganimiz menga qiziq emas, lekin o‘yinning 95 daqiqasini rasvo o‘tkazdik.

Polshaning 1986 yildan beri ilk bor pley-offda ishtirok etishi katta ahamiyatga ega. Buning zavqini kiyinish xonasida ham ko‘rish mumkin.

Hamma charchagan. Bayram qilishga kuchimiz ham yetmaydi. Muhimi — turnirning keyingi bosqichiga chiqish orzusi ro‘yobga chiqdi», — deya Shchensnining so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

image