← Go to the news
06.12.2022
490
So'ngi yangiliklar
Yaponiya Ispaniya bilan o‘yinda 17,7% to‘pga egalik qilib, g‘alaba qozondi. Bu — JCH rekordi
Yaponiya jahon chempionati tarixiga kirdi.
Yaponiyaliklar Ispaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan o‘yinda atigi 17,7 foiz vaqtda to‘pga egalik qilishdi.
Jahon chempionatlari tarixida hech qachon bunchalik kam to‘pga ega bo‘lgan jamoa g‘alaba qozonmagandi.
Yaponiya guruhdan 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Osiyo jamoasi 1/8 finalda 5 dekabr kuni Xorvatiya bilan o‘ynaydi.