fbpx Betguru » Neymarning 1/8 finalda maydonga tushishi so‘roq ostida
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

Neymarning 1/8 finalda maydonga tushishi so‘roq ostida


Neymarning Braziliya milliy jamoasining mashg‘ulotlariga qaytishi yana ortga surildi.

UOL nashri xabariga ko‘ra, Neymarning tiklanish jarayoni cho‘zilmoqda va u hali ham jamoaviy mashg‘ulotlarni boshlamagan. 30 yoshli braziliyalik hujumchi milliy jamoaning Dohadagi qarorgohida davolanish muolajalarini davom ettirmoqda. Oyog‘ining to‘piq qismidan jarohatlangan futbolchining JCH-2022 1/8 finaliga qadar safga qaytishi noma’lum.

Qayd etilishicha, «PSJ» forvardi Braziliya milliy jamoasi 1/4 finalga yo‘llanma olgan taqdirda, keyingi bosqichda jamoasiga yordam berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Braziliya o‘z guruhida 6 ochko bilan nimchorakfinaldagi ishtirokini kafolatladi. Bu jamoaning H guruhidagi raqibi qaysi jamoa bo‘lishi bugun bo‘lib o‘tadigan 3-turning so‘nggi o‘yinlaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

image