fbpx Betguru » «Manchester Siti» Foden bilan kelishuvni uzaytirganini e’lon qildi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fil Foden «shaharliklar» bilan amaldagi kelishuvini uzaytirdi.
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

«Manchester Siti» Foden bilan kelishuvni uzaytirganini e’lon qildi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fil Foden «shaharliklar» bilan amaldagi kelishuvini uzaytirdi.


Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, tomonlar 2027 yilga qadar belgilangan yangi shartnomani imzolagan. Amaldagi shartnoma 2024 yilga qadar amalda edi. Foden «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi sanaladi.

«Yangi shartnoma imzolaganimdan naqadar baxtiyor ekanimni so‘zlar bilan ifodalash qiyin. Bu orzuning ro‘yobi. Butun umr «Siti»ning muxlisi edim. 2027 yilgacha klubning bir qismi bo‘lishimni sezish ajoyib», – deydi Foden.

Ma’lumot uchun, Foden joriy mavsum APLda 9 o‘yinda 6ta gol, YeCHLda esa 3 uchrashuvda bitta golga mualliflik qilgan.

image