fbpx Betguru » O‘zbekiston Pro-ligasi. 21 turdan so‘ng to‘purarlar jadvali qanday ko‘rinish olgan?
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

O‘zbekiston Pro-ligasi. 21 turdan so‘ng to‘purarlar jadvali qanday ko‘rinish olgan?

Pro-ligada 21-tur uchrashuvlari yakuniga etganidan xabaringiz bor. Mazkur turdan so‘ng O‘zPFL matbuot xizmati musobaqa to‘purarlar ro‘yxatini taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, jadvalda 17 ta gol urgan “Buxoro” futbolchisi Ro‘zimboy Ahmedov etakchilik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalar 14 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan “Xorazm” o‘yinchisi Rokki Marchiano hamda “Turon” a’zosi Xumoyun Murtazoevga nasib etgan. 

Shuningdek, 9 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan Muhriddin Zoirov (“Sho‘rtan”), Shahzod Beshimov (“Xorazm”) va Shahboz Erkinov (“Andijon”) jadvaldan o‘rin egallagan. 

Marhamat, quyida jadval bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

image