fbpx Betguru » Loran Blan — «Lion» bosh murabbiyi Loran Blan «Lion» bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Loran Blan — «Lion» bosh murabbiyi Loran Blan «Lion» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

56 yoshli mutaxassis bu lavozimda Piter Bos o‘rnini egalladi. Shartnoma 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Blan 2020 yildan 2022 yilgacha Qatarning «Ar Rayyan» klubini boshqargan. Mutaxassis, shuningdek, «Bordo», «PSJ» klublari va Fransiya milliy jamoasida ham bosh murabbiy bo‘lgan. U 2016 yildan beri Yevropada ishlamagan.

Ayni damda «Lion» Liga 1 turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.Jamoa so‘nggi 5ta o‘yinda 4 marta mag‘lub bo‘ldi va bir bor durang o‘ynadi.

image