fbpx Betguru » Levandovski «Bavariya»ga qarshi, «Ayaks» «Liverpul» mehmoni. YeCHL 2-tur anonsi Bugun, seshanba oqshomidan Chempionlar ligasi 2-tur bahslariga start beriladi. Turning markaziy uchrashuvida «Bavariya» «Barselona» bilan to‘qnash keladi. 2-turning dastlabki kungi o‘yinlar anonsi va taxminiy tarkiblar bilan tanishing.
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Levandovski «Bavariya»ga qarshi, «Ayaks» «Liverpul» mehmoni. YeCHL 2-tur anonsi Bugun, seshanba oqshomidan Chempionlar ligasi 2-tur bahslariga start beriladi. Turning markaziy uchrashuvida «Bavariya» «Barselona» bilan to‘qnash keladi. 2-turning dastlabki kungi o‘yinlar anonsi va taxminiy tarkiblar bilan tanishing.

Seshanba oqshomida ko‘pchilikning diqqat e’tibori Myunxendagi bahsga qaratiladi. «Bavariya» «Barselona»ga qarshi saf tortadi. Bu jamoalarning turnirdagi o‘zaro hisob-kitoblaridan tashqari, Robert Levandovskining Myunxenga qaytishi ham katta voqelik. Polshalik forvardning o‘tgan hafta 1-tur doirasida het-trikka erishgani, La Ligada ham 5 o‘yinda 6ta gol kiritganining o‘zi ham Levandovskining qanday sport formasida ekanini ko‘rsatib turibdi.

Goleadorisiz qolgan «Bavariya» esa Bundesligada so‘nggi uch o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti – 3 o‘yinda 3ta durang. Shunga qaramay, Nagelsmann shogirdlari YeCHLda boshqa jamoaga aylana olishlarini o‘tgan hafta Milanda ko‘rsata olishdi – «Inter» mag‘lub (2:0) etildi. «Alyans arena»dagi to‘qnashuv qanday haroratda o‘tishi-yu, o‘yingoh Levandovskini qanday kutib olishini tasavvur qilish qiyin emas.

Myunxendagi o‘yindan tashqari, seshanba oqshomida 4ta guruhda yana 6ta uchrashuv o‘tkaziladi. Jumladan, «Liverpul»ning Neapolda qaqshatqich zarbani qabul qilib olganidan keyin «Enfild»da «Ayaks»ga qarshi qanday o‘yin namoyish etishi ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ladi.

Faqatgina «Reynjers»ning «Napoli»ga qarshi o‘yini qirolicha Yelizaveta II vidolashuv marosimiga bog‘liq sabablar bilan qoldirilgan.

O‘yinlar anonsi va taxminiy tarkiblar bilan tanishing:

YeCHL. 2-tur. 13 sentyabr (seshanba)

«A» guruhi

«Liverpul» – «Ayaks» (23:59)

«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Simikas; Elliott, Fabino, Tyago Alkantara; Saloh, Nunes, Luis Dias

O‘ynamaydi: Konate (jarohat), Henderson (jarohat), Jons (jarohat), Remzi (jarohat), Keyta (jarohat), Oksleyd-Chemberlen (jarohat), Robertson (jarohat), Kellexer (jarohat)

«Ayaks»: Pasveyer; Rensx, Timber, Bassi, Blind; Bergxeys, Alvares, Teylor; Tadich, Kudus, Bergveyn.

«Reynjers» – «Napoli» (qoldirildi)

«V» guruhi

«Bayer» – «Atletiko» (23:59)

«Bayer»: Gradetski; Kossunu, Ta, Inkape, Bakker; Arangis, Andrix; Frimpong, Dyabi, Hadson-Odoi; Shik

O‘ynamaydi: Virs (jarohat), Bellarabi (jarohat), Adli (jarohat), Lunev (jarohat), Palasios (jarohat)

«Atletiko»: Grbich; Ermoso, Vitsel, Reynildu; Molina, Markos Lorente, Koke, de Paul, Karrasko; Joau Feliks, Morata

O‘ynamaydi: Savich (jarohat), Regilon (jarohat), Ximenes (jarohat)

So‘roq ostida: Oblak (jarohat)

«Portu» – «Bryugge» (23:59)

«Portu»: Diogu Koshta; Zaydu, David Karmu, Pepe, Joau Mariu; Uribe, Eushtakiu, Galeno, Pepe; Toni Martines, Evanilson

O‘ynamaydi: Taremi (diskvalifikatsiya), Otavio (jarohat)

So‘roq ostida: Gruich (jarohat)

«Bryugge»: Minole; Mexele, Silla, Meyer; Skov Olsen, Nilsen, Odua, Vanaken, Onedika; Xutgla, Yaremchuk

O‘ynamaydi: Byukenen (jarohat), Lang (jarohat), Rits (jarohat), Mata (jarohat)

«S» guruhi

«Bavariya» – «Barselona» (23:59)

«Bavariya»: Noyer; Pavar, Upamekano, Ernandes, Devis; Kimmix, Zabitser; Sane, Musiala; Myuller, Mane

O‘ynamaydi: Koman (jarohat), Sarr (jarohat)

«Barselona»: ter Stegen; Kunde, Arauxo, Erik Garsiya, Markos Alonso; Gavi, Buskets, Pedri; Dembele, Levandovski, Rafinya

«Viktoriya» – «Inter» (21:45)

«Viktoriya»: Stanek; Gavel, Geyda, Pernitsa, Yemelka; Kalvach, Buxa; Sikora, Vlkanova, Moskera; Xori

O‘ynamaydi: Kopits (jarohat), Kliment (jarohat)

So‘roq ostida: Xori (jarohat), Gavel (noma’lum)

«Inter»: Onana; Shkriniar, de Vrey, Bastoni; Dumfris, Barella, Brozovich, Chalxono‘g‘lu, Gozens; Korrea, Lautaro Martines

O‘ynamaydi: Lukaku (jarohat)

«D» guruhi

«Sporting» – «Tottenhem» (21:45)

«Sporting»: Adan; Inasiu, Koates, Reys; Pedro Porro, Ugarte, Morita, Nunu Santush; Pedru Gonsalvesh, Edvards, Fransishku Trinkan

O‘ynamaydi: Jovane Kabral (jarohat), Luish Netu (jarohat), Sent-Yuste (jarohat)

«Tottenhem»: Loris; Emerson, Dayer, Romero, Langle, Perishich; Heyberg, Bentankur; Risharlison, Keyn, Son

So‘roq ostida: Lukas Moura (jarohat)

«Olimpik» – «Ayntraxt» (23:59)

«Olimpik»: Pau Lopes; Beyi, Jigo, Kolashinats; Kloss, Ronje, Jerson, Nunu Tavaresh; Jengiz Undar, Aleksis Sanches, Payet

O‘ynamaydi: Mbemba (diskvalifikatsiya)

«Ayntraxt»: Trapp; Knauff, Tuta, N’Dika, Smolchich; Sou, Ebimbe; Linnstrem, Getse, Kamada, Kolo

O‘ynamaydi: Ture (jarohat), Buta (jarohat), Lens (jarohat), Ongene (jarohat), Pellegrini (jarohat).

image