fbpx Betguru » Liga 1. «Marsel» «Lill» ustidan irodali g‘alabaga eshrishdi, Sanches yana gol urdiFransiya chempionatining 7-turida «Marsel» o‘z maydonida «Lill» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ismailining tezkor goliga Sanches va Jigo javob berishdi.
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «Marsel» «Lill» ustidan irodali g‘alabaga eshrishdi, Sanches yana gol urdi
Fransiya chempionatining 7-turida «Marsel» o‘z maydonida «Lill» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ismailining tezkor goliga Sanches va Jigo javob berishdi.

E’tiborlisi, Liga 1ga kelganiga bir oy ham bo‘lmagan Aleksis Sanches yangi jamoasidagi to‘plarini 4taga yetkazdi.

«Marsel» 19 ochko bilan peshqadam «PSJ»ga yetib oldi. 10 ochkosi bor «Lill» 6-pog‘onada.

Liga 1. 7-tur
Marsel — Lill 2:1
10 sentyabr, «Velodrom»
Gollar: Sanches (26), Jigo (61) — Ismaili (12).
Marsel – Lopes, Kloss, Mbemba (Bayi, 46), Jigo (Ture, 67), Balerdi (Tavaresh, 28), Kolashinats, Harit (Veretu, 67), Genduzi, Guye, Sanches (Jerson, 86), Under.
Lill – Shevale, Zedadka (Gudmundsson, 86), Fonte, Jalo, Diakite, Ismaili, Andre, Gomes (Andre Gomesh, 65), Unas (Virjiniyus, 78), Bamba, Devid (Bayo, 78).
Ogohlantirishlar: Balerdi (14), Tudor (41), Guye (50), Jigo (57), Ture (68), Tavaresh (72), Jalo (78).

image