fbpx Betguru » O‘zbekiston 2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

O‘zbekiston 2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi

2026 yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida O‘zbekiston g‘olib deb topildi.

Bugun, 8 avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasining yig‘ilishi tashkil etilib, unda bir qator masalalar ko‘rilgan. Xususan, 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezbonini aniqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sa’dullayev FIDE kongressida 2026 yilda Toshkentda Butunjahon shaxmat olimpiadasini o‘tkazish haqida ma’ruza qilgach, ovoz berish jarayonida ishtirok etgan delegatlar bir ovozdan ushbu nufuzli musobaqa O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’qullagan. Mamlakatimizdan tashqari, Polsha va Zambiya ham turnir mezbonligi uchun ariza kiritgan edi.

Shu tariqa, 4 yildan keyingi shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tadigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, 2024 yilgi shaxmat Olimpiadasiga Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qiladi

image