fbpx Betguru » Manba: Eldor Shomurodov «Bolonya»ga o‘tadi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Manba: Eldor Shomurodov «Bolonya»ga o‘tadi

«Roma» klubini tark etishi kutilayotgan Eldor Shomurodovning yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi deyarli oydinlashdi.

Insayder va Sky Sports Italia jurnalisti Rudi Galettining ma’lum qilishicha, Eldor Shomurodov «Bolonya»ga o‘tishi deyarli hal bo‘lgan. Bu xabarni klubdagi manbalari tasdiqlagan. Tomonlar sotib olish huquqi bilan ijara masalasini muhokama qilishmoqda.

Qayd etilishicha, «Torino» va «Sassuolo» ham Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishni istagan, ammo «Bolonya» muzokaralarda faol bo‘lgan.

Avvalroq, o‘zbekistonlik 27 yoshli hujumchiga «Bolonya»dan tashqari, «Torino» va «Vulverhempton» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bolonyaliklar A Seriya 2021/22 yilgi mavsumini 46 ochko bilan 13-o‘rinda yakunlagan. Jamoaning asosiy goleadori avstriyalik Marko Arnautovich hisoblanadi – 33 o‘yinda 14ta golga mualliflik qilgan.

image