fbpx Betguru » Osiyo kubogi U23. Avstraliya Turkmanistonni mag‘lub etib, dastlabki yarimfinalchiga aylandi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Osiyo kubogi U23. Avstraliya Turkmanistonni mag‘lub etib, dastlabki yarimfinalchiga aylandi

Osiyo kubogi U23 chorakfinali doirasidagi dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi.

«Bunyodkor» stadionida kechgan bahsda Avstraliya olimpiya jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alabaga erishdi. Oraz Orazovning o‘z darvozasiga kiritgan avtogoli Okeaniya mintaqasi vakiliga dastlabki yarimfinal yo‘llanmasini taqdim etdi – 1:0.

Osiyo kubogi U23. Chorakfinal
Avstraliya – Turkmaniston – 1:0
Bosh hakam: Salmon Ahmad (Qatar)
Gol: Orazov, 82 avtogol.

image