fbpx Betguru » Futzal. «Jizzax Kenteks» – O‘zbekiston kubogi sohibi!
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Futzal. «Jizzax Kenteks» – O‘zbekiston kubogi sohibi!

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslariga yakun yasaldi.

Toshkentda o‘tgan hal qiluvchi final o‘yinida Bahodir Ahmedov murabbiyligidagi «Jizzax Kenteks» jamoasi «Paxtakor»ga qarshi parketga chiqib, yirik 5:0 hisobida zafar quchdi va mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Shu kuni Husniddin Nishonov het-trik qayd etdi.

Qayd etish joiz, Jizzax klubi o‘z tarixida ilk marta kubok egasiga aylandi. Ushbu jamoa joriy mavsum Oliy liga bahslarida ham tengsiz klubga aylangan edi. Finaldan so‘ng «Jizzax Kenteks» bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov mavsumning eng yaxshi murabbiyi, Husniddin Nishonov esa mavsumning eng yaxshi futzalchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston kubogi. Final
«Paxtakor» – «Jizzax Kenteks» – 0:5
Gollar: Ilhom Hamroyev 6, Husniddin Nishonov 20, 24, 27, Elbek To‘lqinov 23.

image