fbpx Betguru » Bundesliga. «Leypsig» yirik hisobda g‘alaba qozonib 4-o‘ringa ko‘tarildi, Nkunkuda dubl
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Leypsig» yirik hisobda g‘alaba qozonib 4-o‘ringa ko‘tarildi, Nkunkuda dubl

Germaniya chempionatining 33-turida «Leypsig» o‘z maydonida «Augsburg» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Nkunku dublga erishgan bo‘lsa, Silva va Forsberg ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

«Leypsig» ochkolarini 57taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi. «Augsburg» 35 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

Bundesliga. 33-tur
Leypsig — Augsburg 4:0
8 may, «Red Bull Arena»
Gollar: Silva (40), Nkunku (48, 57), Forsberg (64, penalti).
Leypsig – Gulachi (Chauner, 88), Mukiyele, Orban, Halstenberg, Klostermann, Xenrixs, Kampl, Forsberg (Soboslai, 71), Laymer (Adams, 71), Nkunku (Olmo, 78), Andre Silva (Poulsen, 72).
Augsburg – Gikevich, Gaueleu, Oksford, Uduoxay, Kalijuri (Gumni, 79), Pedersen (Zekiri, 79), Grueso (Mayer, 46), Dorsh, Gregorich (Xan, 58), Niderlexner (Pepi, 58), Gyunter.
Ogohlantirishlar: Forsberg (36), Gaueleu (72), Gyunter (77).20:02

image