fbpx Betguru » Bundesliga. «Bayer» safarda «Mayns»ga yutqazdi…
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Bayer» safarda «Mayns»ga yutqazdi…

«Bayer» safarda «Mayns»ga yutqazdi
Germaniya chempionatining 23-turini boshlab bergan bahsda «Bayer» safarda «Mayns»dan alamli mag‘lubiyatga uchradi. Shik va Alarioning gollariga mezbonlardan Karikol, Boetiyus hamda Ingvartsen javob berishdi.

«Bayer» 41 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi. «Mayns» 34 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Bundesliga. 23-tur
Mayns — Bavariya 3:2
18 fevral, «Meva Arena»
Gollar: Karikol (57), Boetiyus (84), Ingvartsen (88) — Shik (35), Alario (74).
Mayns – Sentner, Vidmer, Bell, Xak, Niakate, Aaron Martin, Kor (Boetiyus, 82), Li Che Son (Shteger, 69), Shtax (Barreyro, 90), Onisivo (Ingvartsen, 82), Burkardt (Byurgzorg, 82).
Bayer – Gradetski, Frimpong, Ta, Tapsoba, Inkapie, Demirbay (Arangis, 71), Andrix, Adli (Paulino, 71), Shik (Alario, 49), Diabi, Virts.
Ogohlantirishlar: Adli (31), Demirbay (56), Aaron Martin (66), Ingvartsen (90).

image