fbpx Betguru » La Liga. De Yongning 90+6-daqiqadagi goli «Barsa»ni derbida mag‘lubiyatdan qutqarib, 4-o‘ringa qaytardi.
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

La Liga. De Yongning 90+6-daqiqadagi goli «Barsa»ni derbida mag‘lubiyatdan qutqarib, 4-o‘ringa qaytardi.

La Liga. De Yongning 90+6-daqiqadagi goli «Barsa»ni derbida mag‘lubiyatdan qutqarib, 4-o‘ringa qaytardi
Ispaniya chempionatining 24-turida — Kataloniya derbisida «Espanol» o‘z maydonida «Barselona» bilan jangovar durang qayd etdi.

Pedrining tezkor goliga mezbonlardan Darder va de Tomas javob berishdi. 90+6-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Lyuk de Yong mehmonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

«Barselona» 39 ochko bilan 4-o‘ringa qaytdi. «Espanol» 28 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

Turning yana bir bahsida «Real Sosedad» (38) o‘z uyida «Granada»dan (24, 16-o‘rin) ustun kelib, 6-o‘ringa chiqib oldi.

La Liga. 24-tur
Espanol — Barselona 2:2
13 fevral, «Kornelya-de-Lobregat»
Gollar: Darder (40), de Tomas (64) — Pedri (2), Lyuk de Yong (90+6).
Espanol — Lopes, Vidal (Kalero, 89), Gomes, Kabrera, Pedrosa, Vilena (Melamed, 61), Darder, Bare (Morlanes 62, Merida 71), Errera, Puado, de Tomas.
Barselona — ter Stegen, Dest, Arauxo (Garsiya, 46), Pike, Alba (Dembele, 72), Frenki de Yong (Obameyang, 62), Buskets, Pedri (Lyuk de Yong, 89), Gavi (Niko, 72), Traore, Torres.
Ogohlantirishlar: Bare (23), Vilena (60), Pike (74), Puado (76), Garsiya (78), Niko (84), Melamed (90+2).
Chetlatishlar: Melamed (90+3), Pike (90+3).

Real Sosedad — Granada 2:0
Gollar: Oyarsabal (37, penalti), Rafinya (74).

image