fbpx Betguru » Futzal. Portugaliya finalda ham kambek qilib…
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

Futzal. Portugaliya finalda ham kambek qilib…

Futzal. Portugaliya finalda ham kambek qilib, qatorasiga 2-bor Yevropa chempioniga aylandi
Amsterdamda futzal bo‘yicha Yevropa chempionati yakunlandi.

Finalda amaldagi jahon va Yevropa chempioni Portugaliya Rossiya bilan bahsda 0:2 hisobida yutqaza turib, g‘alabaga erishdi va o‘z tarixida 2-bor qit’a chempioniga aylandi.

E’tiborlisi, portugallar yarimfinalda Ispaniya (3:2) bilan o‘yinda ham kambek ko‘rsatishgandi.

Rossiya Yevrolarda 6-marta finalda mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa 1 bor chempionlikni qo‘lga kiritgan.

3-o‘rin uchun bahsda Ispaniya Ukraina ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Yevro-2022. Amsterdam
Final
Portugaliya — Rossiya 4:2
Gollar: Pasu (19), Koelyu (27, 32), Varela (40) — Sokolov (10), Afanasev (13).

3-o‘rin uchun
Ispaniya — Ukraina 4:1
Gollar: Melyado (11), Solano (18), Boyis (31), Adolfo (32) — Chernyavskiy (17).

image