fbpx Betguru » Angliya kubogi. «Chelsi» 105-daqiqadagi gol…
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

Angliya kubogi. «Chelsi» 105-daqiqadagi gol…

Angliya kubogi. «Chelsi» 105-daqiqadagi gol evaziga quyi liga vakilidan g‘alabani tortib oldi, «Vest Hem» 120+1-daqiqada kambek uyushtirdi
Angliya kubogi 1/16 finali doirasidagi ikki uchrashuv yakunlandi.

Londonda o‘tgan bahsda «Chelsi» «Plimut» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Chempionshipdan keyingi o‘rinda turuvchi Angliya 1-ligasi vakiliga qarshi o‘yinning 8-daqiqasida mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Aspilikueta farqni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 105-daqiqasida esa Alonsoning goli «Chelsi»ga nimchorakfinalga yo‘llanma berdi – 2:1.

«Vest Hem» esa Angliya shimoli-janubiy ligasi vakili «Kidderminster» bilan bahsda sensatsion tarzda ligani tark etishga yaqin edi. Quyi liga vakili 19-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 90+1-daqiqaga kelib Rays Moyes jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Qo‘shimcha bo‘limlarning qo‘shib berilgan 120+1-daqiqasida Bouen APL klubining kambekiga sabab bo‘ldi – 2:1.

Angliya kubogi. 1/16 final.

Chelsi – Plimut 2:1
Gollar: 0:1 – 8 Gillesfi, 1:1 – 41 A

image