fbpx Betguru » Afrika millatlar kubogi.
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Afrika millatlar kubogi.

Senegal – chorakfinalga yo‘llanma olgan beshinchi jamoa bo‘ldi Afrika millatlar kubogi nimchorakfinali doirasidagi beshinchi juftlik o‘yini ham yakuniga yetdi. Unda Senegal milliy jamoasi Kabo-Verde ustidan g‘alaba qozondi. Sadio Mane uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, Deng so‘nggi daqiqada farqni ikkitaga yetkazdi – 2:0. Shu tariqa, senegalliklar ham 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Qayd etish joiz, o‘yinning 54-daqiqasida kabo-verdiliklar darvozaboni – Vozinya Mane bilan to‘qnashib, maydondan chetlatildi. 70-daqiqada esa Sadio maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Sadio Mane yetakchiligidagi jamoa chorakfinalda Mali – Ekvatorial Gvineya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. Shu tariqa, hozircha Burkina-Faso, Tunis, Gambiya, Kamerun va Senegal milliy jamoalari chorakfinal yo‘llanmasini naqd qilishdi. Afrika millatlar kubogi. 1/8 final Senegal – Kabo-Verde 2:0 Gollar: 1:0 – 63 Mane, 2:0 – 90 Deng. Senegal – Mendi, Sarr, Kulibali, Diallo, Siss (Ballo-Ture, 82; Mbaye, 90), Guy

image