fbpx Betguru » Neymar 2021 yil «Barselona»ga qaytmoqchi bo‘lganini tan oldi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Neymar 2021 yil «Barselona»ga qaytmoqchi bo‘lganini tan oldi

«PSJ» hujumchisi Neymar joriy mavsum avvalida Parij klubini tark etib, Kataloniya jamoasiga qaytmoqchi bo‘lganini aytib o‘tdi. Braziliyalik yulduz Netflix tomonidan suratga olingan o‘zi haqidagi hujjatli filmda «Barselona» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazganini ham tan olgan. «PSJ»ni tark etishga qaror qilganimda bu pul yoki muxlislar tufayli emasdi. Bunday qarorga kelishimga, o‘zimni boshqa joyda yaxshiroq his qilishni tushuna boshlagandim», – deydi Neymar Netflix’ning o‘zi haqidagi hujjatli filmida. Eslatib o‘tamiz, Neymar 2021 yilning yozida «Barselona» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazgan, ammo ko‘p o‘tmay Messining «PSJ»ga o‘tishi oydinlashgach, braziliyalik forvard Fransiyada qolishga qaror qilgandi. Ma’lumot uchun, 29 yoshli braziliyalik hujumchi 2013-2017 yillar davomida Kataloniya klubi sharafini himoya

BAfrika millatlar kubogi. Senegal – chorakfinalga yo‘llanma olgan beshinchi jamoa bo‘ldi Afrika millatlar kubogi nimchorakfinali doirasidagi beshinchi juftlik o‘yini ham yakuniga yetdi. Unda Senegal milliy jamoasi Kabo-Verde ustidan g‘alaba qozondi. Sadio Mane uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, Deng so‘nggi daqiqada farqni ikkitaga yetkazdi – 2:0. Shu tariqa, senegalliklar ham 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Qayd etish joiz, o‘yinning 54-daqiqasida kabo-verdiliklar darvozaboni – Vozinya Mane bilan to‘qnashib, maydondan chetlatildi. 70-daqiqada esa Sadio maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Sadio Mane yetakchiligidagi jamoa chorakfinalda Mali – Ekvatorial Gvineya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. Shu tariqa, hozircha Burkina-Faso, Tunis, Gambiya, Kamerun va Senegal milliy jamoalari chorakfinal yo‘llanmasini naqd qilishdi. Afrika millatlar kubogi. 1/8 final Senegal – Kabo-Verde 2:0 Gollar: 1:0 – 63 Mane, 2:0 – 90 Deng. Senegal – Mendi, Sarr, Kulibali, Diallo, Siss (Ballo-Ture, 82; Mbaye, 90), Guy17:21

image