fbpx Betguru » «Fulxem» ekstra-taymlarda g‘alaba qozonib, APLga qaytdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

«Fulxem» ekstra-taymlarda g‘alaba qozonib, APLga qaytdi

Chempionshipdan Angliya premyer-ligasiga chiqqan uchinchi jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Pley-off formatida o‘ktazilgan mini-turnirning finalida «Fulxem» va «Brentford» jamoalari to‘qnash kelishdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Bahsning 105 va 107-daqiqalarida londonliklar Brayen 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ekstra-taymlarga qo‘shib berilgan 4-daqiqada «Brentford» bitta javob to‘pini kiritdi.

Shu tariqa, 2018/19 yilgi mavsumda APLni tark etgan «Fulxem» bir yillik tanaffusdan keyin yuqori divizionga qaytdi.

Chempionship, APLga chiqish uchun pley-off. Final
Brentford – Fulxem 1:2 (0:0, 0:0, 0:1)
Gollar: 0:1 – 105 Brayen, 0:2 – 117 Brayen, 1:2 – 120 Dalsgor.
Brentford – Rayya, Yansson, Pinnok, Genri (Fosu, 105), Dalsgor, Mbemo (Markondes, 61), Nergor, Benraxma, Dasilva (Kanos, 83), Uotkins, Yensen (Dervishoglu, 105).
Fulxem – Rodak, Brayen, Odoi (Kristi, 110), Rim, Xektor, Kebano (Knokert, 81), Kerni, Rid, Onoma (Le Marshan, 110), Rid (Mitrovich, 90), Kamara (Kavaleyru, 105).
Ogohlantirishlar: Rid (29), Kerni (67), Yensen (88), Xektor (98), Knokert (102), Nergor (103), Mitrovich (104), Kavaleyru (120), Rodak (120).

image