fbpx Betguru » APL. «Chelsi» safarda «Aston Villa»ni mag‘lub etdi, Jorjinodan dubl, Lukaku golsiz seriyasiga chek qo‘ydi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

APL. «Chelsi» safarda «Aston Villa»ni mag‘lub etdi, Jorjinodan dubl, Lukaku golsiz seriyasiga chek qo‘ydi

Angliya chempionatining 19-turida «Chelsi» Birmingemda «Aston Villa» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Bellashuvdagi barcha gollar londonliklar hisobiga yozildi. Jeyms avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, Jorjino 2 bor penaltidan to‘p kiritdi. Lukaku esa Premer-liga doirasida 8 o‘yindan iborat golsiz seriyasiga barham berdi.

«Chelsi» ochkolarini 41taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Liverpul»ga yetib oldi. «Aston Villa» 22 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.

APL. 19-tur
Aston Villa — Chelsi 1:3
26 dekabr, «Villa Park»
Gollar: Jeyms (28,avtogol) — Jorjino (34 penalti, 90+3 penalti), Lukaku (56).
Aston Villa — Martines, Kesh, Konsa, Mingz, Targett, Luiz, Buendia (Chukvumueka, 74), Sanson (Al G‘oziy, 76), Remzi, Ingz (Traore, 73), Uotkins.
Chelsi — Mendi, Chaloba (Lukaku, 46), Silva (Kristensen, 52), Ryudiger, Alonso, Jeyms, Kante (Kovachich, 63), Jorjino, Hadson-Odoi, Maunt, Pulishich.
Ogohlantirishlar: Martines (33), Mingz (65), Alonso (70), Konsa (90+2).

ishonchli bukmekerni tanlang

image