fbpx Betguru » APL. «Manchester Siti» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Chelsi» yana ochko yo‘qotdi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

APL. «Manchester Siti» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Chelsi» yana ochko yo‘qotdi

Angliya Premer-ligasi 18-turi doirasidagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.

«Manchester Siti» safarda «Nyukasl»ni yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, «Chelsi» safarda «Vulverhempton» bilan golsiz durangga rozi bo‘ldi.

Natijada, «Siti» 44 ochko bilan 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Chelsi» ketma-ket ikkinchi durangni qayd etib, 38 ochko bilan 3-o‘rindan joy olgan. «Vulverhempton» 25 ochko bilan 8-pog‘onada, «Nyukasl» esa 10 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, tur doirasidagi «Aston Villa» – «Bernli», «Sauthempton» – «Brentford», «Vest Hem» – «Norvich», «Uotford» – «Kristal Pelas», «Manchester Yunayted» – «Brayton», «Everton» – «Lester» o‘yinlari qoldirilgan. «Tottenhem» – «Liverpul» bahsi esa bugun o‘tkaziladi.

APL. 18-tur
Vulverhempton – Chelsi 0:0
Vulverhempton – Joze Sa, Xuver, Koudi, Saiss, Kilmen, Marsal, Dendonker, Moutinyu, Ruben Nevesh, Podense (Traore, 79), Himenes.
Chelsi – Mendi, Jeyms, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Alonso, Kante, Ziyosh (Kovachich, 65), Chaloba (Saul, 46), Maunt, Pulishich.
Ogohlantirishlar: Chaloba (30), Ryudiger (33).

Nyukasl – Manchester Siti 0:4
Gollar: 0:1 – 5 Ruben Diash, 0:2 – 27 Joau Kanselu, 0:3 – 63 Mahrez, 0:4 – 86 Sterling.
Nyukasl – Dubravka, Klark, Lassels, Almiron (Xendrik, 80), Ritchi, Freyzer, Xeyden (Longstaff, 61), Uillok (Sen-Maksimen, 46), Merfi, Uilson, Joelinton.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Laport, Ruben Diash (Stounz, 70), Zinchenko, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri (Fernandino, 68), Sterling, Mahrez (Palmer, 77), Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Xeyden (21), Rodri (25), Bernardu Silva (30).

image