fbpx Betguru » APL. «Liverpul» derbida «Everton»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, «Chelsi» va «Siti»da ham g‘alaba, «Vest Hem»da durang
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

APL. «Liverpul» derbida «Everton»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, «Chelsi» va «Siti»da ham g‘alaba, «Vest Hem»da durang

Angliya chempionatida 14-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Peshqadam «Chelsi» (33, 1-o‘rin) London derbisida «Uotford»dan ustun keldi. E’tiborlisi, o‘yin 14-daqiqada muxlislardan birining yuragi xuruj qilgani uchun to‘xtatildi va bemor shifoxonaga olib ketilgach, 30 daqiqadan so‘ng davom ettirildi.

«Manchester Siti» (32, 2-o‘rin) safarda «Aston Villa» ustidan g‘alaba qozondi. Natijada Stiven Jerrard Birmingem klubidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

«Liverpul» (31, 3-o‘rin) Mersisayd derbisida «Everton»ni tor-mor etdi, Saloh dublga erishdi.

Shuningdek, tur doirasida «Vest Hem» (24, 4-o‘rin) «Brayton»ga qarshi bahsda 89-daqiqada g‘alabani boy berdi, «Lester» «Sauthempton» bilan jangovar durang qayd etdi. «Vulverhempton» «Byornli» darvozasiga yo‘l topa olmadi.

APL. 14-tur. 1 dekabr
Everton — Liverpul 1:4
Gollar: Grey (38) — Henderson (9), Saloh (19, 64), Jota (79).
Everton — Pokford, Koulmen, Godfri, Kin, Din, Taunsend (Delf, 73), Dukure, Allan, Grey (To‘sun, 85), Risharlison, Rondon (Gordon, 59).
Liverpul — Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Henderson (Oksleyd-Chemberlen, 83), Tiago (Milner, 75), Fabino, Saloh, Jota (Minamino, 88), Mane.

Aston Villa — Manchester Siti 1:2
Gollar: Uotkins (47) — Diash (27), Silva (43).
Aston Villa — Martines, Kesh, Konsa, Mingz, Targett (Chukvumueka, 67), Makginn, Nakamba (Sanson, 77), Luiz, Beyli (Yang, 31), Uotkins, Buendia.
Manchester Siti — Ederson, Kanselu, Diash, Ake, Zinchenko, Fernandino, Rodri, Silva, Jezus (Grilish, 87), Sterling, Mahrez.

Uotford — Chelsi 1:2
Gollar: Dennis (43) — Maunt (29), Ziyosh (72).
Uotford — Baxmann, Kiko, Katkart, Trost-Ekong, Masina (Rouz, 12), Luza (Kutska, 73), Pedru, Kleverli (Ngakiya, 85), Sissoko, King, Dennis.
Chelsi — Mendi, Chaloba (Ziyosh, 60), Kristensen, Ryudiger, Aspilikueta (Lukaku, 69), Loftus-Chik, Saul (Silva, 46), Alonso, Pulishich, Maunt, Haverts.

Sauthempton — Lester 2:2
Gollar: Bednarek (3), Adams (34) — Evans (22), Meddison (49).

Vest Hem — Brayton 1:1
Gollar: Souchek (5) — Mope (89).

Vulverhempton — Byornli 0:0

image