fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Saudiya Arabistoni safarda Vetnamdan ustun keldi, Livan BAAga yutqazib qo‘ydi
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Saudiya Arabistoni safarda Vetnamdan ustun keldi, Livan BAAga yutqazib qo‘ydi

Osiyoda JCH-2022 3-saralash bosqich 6-tur uchrashuvlariga start berildi.

A guruhi tur doirasidagi dastlabki o‘yinda Livan BAAga qarshi maydonga tushdi. Ali Mabhutning 85-daqiqada penaltidan kiritgan goli amirlik futbolchilarga g‘alaba keltirdi. Natijada ular turnir jadvalida livanliklardan o‘zib, 6 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilishdi.

Saudiya Arabistoni mag‘lubiyatsiz seriyasini bu turda ham davom ettirdi. Vetnam maydoniga safar qilgan saudiyaliklar Ash-Shehrining yagona goli evaziga navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritib, 16 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettirishmoqda.

Guruhlardagi qolgan uchrashuvlar ham bugun o‘tkaziladi

JCH-2022 saralashi. Osiyo.
A guruhi. 6-tur
Livan – BAA – 0:1
Gol: Ali Mabhut 85, pen.

V guruhi. 6-tur
Vetnam – Saudiya Arabistoni – 0:1
Gol: Soleh Ash-Shehri, 31.

image