fbpx Betguru » «Barselona» Xavini bosh murabbiy etib tayinlamoqchi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

«Barselona» Xavini bosh murabbiy etib tayinlamoqchi

«Barselona» jamoaning sobiq yarimhimoyachisi Xavini bosh murabbiy etib tayinlashni maqsad qilgan.

El Chiringuito’ning yozishicha, kataloniyaliklar payshanba kuni barcha tafsilotlarni hal qilishga umid qilishmoqda.

«Ko‘k-anorranglilar»ning ayrim o‘yinchilari allaqachon 41 yoshli murabbiy bilan gaplashgan.

Xavi futbolchilik faoliyatining katta qismini (1998-2015) «Barsa»da o‘tkazgan va jamoa bilan 25ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Sobiya yarimhimoyachi 2015 yilda «As Sadd»ga o‘tib, 2019 yildan shu jamoa ustoziga aylangan. U murabbiylik faoliyatida Qatar klubi bilan 7ta sovringa ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» rahbariyati La Liga 11-turidan o‘rin olgan «Rayo Valekano» (0:1) bilan bahsdan so‘ng bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqardi. Jamoa chempionatda 15 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.

image