fbpx Betguru » Manba: Zidan APL klubi taklifini rad etdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Manba: Zidan APL klubi taklifini rad etdi

«Nyukasl» klubining yangi rahbarlari qishki transfer oynasidan oldin jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarishga qo‘l urmoqchi.

The Mirror xabariga ko‘ra, klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Stiv Bryusni yaqin kunlar ichida iste’foga chiqarmoqchi. Ungacha esa uning o‘rniga yangi nomzodlar bilan muzokara olib borishmoqda. Qayd etilishcha, klubning saudiyalik egalari hozirda ishsiz bo‘lgan Zineddin Zidanga taklif bilan chiqqan, ammo fransiyalik mutaxassis «Nyukasl» taklifini rad etgan. «Real» sobiq bosh murabbiyi 2021 yil yakuniga qadar murabbiylik faoliyatiga qaytmoqchi emas.

Avvalroq, «Nyukasl» Antonio Kontega taklif bilan chiqqani, italiyalik mutaxassis rad javobini bergani haqida xabar qilingandi. Shuningdek, «Lester» ustozi Brendan Rojers ham taklifga qaramay, klubini o‘zgartirish niyati yo‘qligini aytgan.

image