fbpx Betguru » APL. «Liverpul» «Manchester Siti» o‘yinida jangovar durang qayd etildi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

APL. «Liverpul» «Manchester Siti» o‘yinida jangovar durang qayd etildi

APL 7-turining markaziy uchrashuvi «Enfild Road» stadionida kechdi.

Markaziy uchrashuv maqomiga mos o‘tgan «Liverpul» – «Manchester Siti» uchrashuvining 59-daqiqasida Mane hisobni ochgan bo‘lsa, o‘n daqiqa o‘tib Foden hisobni tenglashtirdi – 1:1.

76-daqiqada Saloh ajoyib harakatlari bilan himoyachilarni ortda qoldirib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi, ammo 5 daqiqa o‘tib de Bryuyne javob golini kiritib, yakuniy natijani o‘rnatdi – 2:2.

Jangovar durangdan keyin «Liverpul» 15 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Siti» 14 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi.

APL. 7-tur. 3 oktyabr
Liverpul – Manchester Siti 2:2
Gollar: 1:0 – 59 Mane, 1:1 – 69 Foden, 2:1 – 76 Saloh, 2:2 – 81 de Bryuyne.
Liverpul – Alisson, Matip, van Deyk, Robertson, Henderson, Fabino, Jons, Milner (Gomes, 78), Saloh, Mane, Diogu Jota (Firmino, 68).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Grilish

image