fbpx Betguru » Libertadores Kubogi. «Flamengo» «Barselona»dan javob bahsida ham ustun keldi va finalga yo‘l oldi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Libertadores Kubogi. «Flamengo» «Barselona»dan javob bahsida ham ustun keldi va finalga yo‘l oldi

Libertadores Kubogida yarimfinal bosqichi yakunlandi.

Braziliyaning «Flamengo» klubi Ekvadorda Guayakilning «Barselona» jamoasini Bruno Enrikening dubli evaziga mag‘lub etib, finalga chiqdi. Dastlabki o‘yinda ham braziliyaliklar 2:0 hisobida ustun kelgandi.

28 noyabr kuni Montevideoda o‘tishi rejalashtirilgan hal qiluvchi bahsda qatorasiga ikkinchi yil Braziliya derbisi bo‘ladi. 2019 yilgi turnir g‘olibi «Flamengo» 2020 yilgi mavsum chempioni «Palmeyras» bilan ro‘baro‘ keladi.

Libertadores Kubogi. Yarimfinal
Barseloga Guayakil — Flamengo 0:2
30 sentyabr, «Banko Pichincha»
Gollar: Bruno Enrike (18, 50).
Barselona Guayakil – Burray, Leon, Kastilo, Pineyda, Presiado (Dias, 46), Riveros, Karselen (Perlasa, 56), Martines, Pinyatares (Oyola, 79), Garses (Kortes, 56), Mastriani (Lopes, 79).
Flamengo – Diyego Alves, David Luiz (Gustavo Enrike, 10), Isla, Rodrigo Kayo, Filipe Luis (Rene, 70), Arao, Everton Ribeyro, de Arraskaeta (Pedro, 77), Pereyra (Bruno Viana, 77), Gabriel Barboza, Bruno Enrike (Maykl Richard, 71).
Ogohlantirishlar: Pereyra (1), Leon (48), Arao (67), Pinyatares (70).
Birinchi o‘yin — 0:2.

image