fbpx Betguru » APL. «Aston Villa» 9 daqiqada 3ta gol urib, «Everton»ga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni keltirdi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

APL. «Aston Villa» 9 daqiqada 3ta gol urib, «Everton»ga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni keltirdi

Angliya chempionatining 5-turida «Aston Villa» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qilib, ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasidan 75-daqikasigacha javobsiz 3ta gol urdi. Birmingemliklardan Kesh va Beyli to‘p kiritgan bo‘lsa, mersisaydliklardan Din avtogol muallifiga aylandi.

«Aston Villa» ochkolarini 7taga yetkazib, 10-o‘ringa ko‘tarildi. Birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan «Everton» 10 ochko bilan 5-o‘ringa tushdi.

APL. 5-tur
Aston Villa — Everton 3:0
18 sentyabr, «Villa Park»
Gollar: Kesh (66), Din (69, avtogol), Beyli (75).
Aston Villa — Martinez, Mingz, Tunazebe, Konsa, Targett (Beyli 61, Yang 82), Makginn (Nakamba, 40) Luis, Remzi, Kesh (Traoyer, 86), Ingz, Uotkins.
Everton — Begovich, Godfri (Kenni, 80), Kin, Mina, Din, Ivobi (Devis, 81), Taunsend, Allan (Gordon, 73), Dukure, Grey, Rondon (Gomesh, 63).

image