fbpx Betguru » Kamavinga, Pedri, Saka, Grinvud – Golden Boy sovrini uchun da’vogarlar orasida
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Kamavinga, Pedri, Saka, Grinvud – Golden Boy sovrini uchun da’vogarlar orasida

Golden Boy sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi. Bu safar nomzodlar soni 100 nafardan 40 nafargacha qisqartirilgan.

Hozirga kelib Jud Bellingem («Borussiya» Dortmund), Miron Boadyu («Monako»), Eduardo Kamavinga («Real»), Sharl de Ketelare («Bryugge»), Erik Garsiya («Barselona»), Rayan Gravenberx («Ayaks»), Meyson Grinvud («Manchester Yunayted»), Ilaysh Moriba, Yoshko Gvardiol (ikkisi ham – «RB Leypsig»), Gabriel Martinelli («Arsenal»), Jamal Musiala («Bavariya»), Mixail Mudrik («Shaxtyor»), Nunu Mendesh («PSJ»), Pedri («Barselona»), Jovanni Reyna («Borussiya» Dortmund), Bukayo Saka («Arsenal») singari o‘yinchilar da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Golden Boy sovrini har yili Tuttosport nashri tomonidan Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi o‘yinchisiga topshiriladi. G‘olib noyabr oyida e’lon qilinadi. O‘tgan mavsum sovrin Erling Holandga nasib qilgan.

image