fbpx Betguru » La Liga. «Real» «Bernabeu»ga qaytishini 5ta gol bilan nishonladi. Benzemada het-trik, Kamavinga debyut o‘yinida to‘p kiritdi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» «Bernabeu»ga qaytishini 5ta gol bilan nishonladi. Benzemada het-trik, Kamavinga debyut o‘yinida to‘p kiritdi

Ispaniya chempionatining 4-turida «Real» o‘z maydonida «Selta»ni qabul qilib, hisobda ikki bor ortda qolayotganiga qaramay yakunda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlardan Benzema het-trik qayd etdi, Kamavinga debyutida zaxiradan maydonga tushib 6 daqiqa ichida to‘p kiritdi. Shuningdek, Vinisius ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Vigoliklardan Mina va Servi madridliklar darvozasini ishg‘ol etishdi.

Ma’lumot uchun, «qirollik klubi» stadion rekonstruksiyasi tufayli 18 oydan so‘ng ilk bor «Santyago Bernabeu»da o‘yin o‘tkazdi. «Real» ochkolarini 10taga yetkazib, 1-o‘ringa qaytdi. 1 ochkoga ega «Selta» 18-pog‘onada qoldi.

La Liga. 4-tur
Real — Selta 5:2
12 sentyabr, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Benzema (24, 46, 87 penalti), Vinisius (54), Kamavinga (72) — Mina (4), Servi (31).
Real – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Migel Guterres (Marselo, 89), Valverde, Modrich (Asensio, 79), Kazemiro, Benzema, Azar (Kamavinga, 66), Vinisius Junior (Rodrigo, 89).
Selta – Dituro, Malo, Arauxo, Murilo (Aydu, 89), Galan, Denis Suares, Tapiya (Beltran, 46), Mendes (Solari, 52), Servi (Nolito, 63), Aspas, Santi Mina (Galyardo, 63).
Ogohlantirishlar: Nacho (32), Murilo (43), Vinisius Junior (55), Arauxo (63), Solari (63)

image