fbpx Betguru » Liga 1. «Monako» va «Lill» 4-turga kelib g‘alaba qozondi, «Anje» 1-o‘rinda
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «Monako» va «Lill» 4-turga kelib g‘alaba qozondi, «Anje» 1-o‘rinda

Fransiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«Monako» safarda «Trua»ni, «Lill» o‘z maydonida «Monpele»ni mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi. «Anje» esa «Renn»ni yengib, 10 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi.

Liga 1. 4-tur. 29 avgust

Trua — Monako 1:2
Gollar: Agilar (51, avtogol) — Diop (40, 58).
Trua – Gallon, Jirodon, Al Hajam (Azamum, 71), Salme, Byankone (Lumeka, 78), Tarde, Kuame, Shambos (Kabore, 55), Ripar, Tuzgar, Balde (Dominges, 78).
Monako – Nyubel, Agilyar, Maripan (Disasi, 66), Badiashile (Matsima, 76), Kayo Enrike, Jelson Martinsh (Matazo, 87), Tchuameni, Jan Lukas (Izidor, 65), Diop (Yakobs, 87), Fofana, Ben-Yedder.

Lill — Monpele 2:1
Gollar: Yaziji (45+1), Devid (56) — Laborde (45+3).
Lill – Grbich, Tiagu Jalo, Fonte, Botman, Reynildu, Yaziji (Onana, 83), Gomes (Bradarich, 78), Andre, Sheka, Yilmaz (Chelik, 90), Devid (Ikone, 82).
Monpele – Berto, Sako (Estev, 83), Tuler, Kotssa (Suke, 79), Savane, Ferri, Molle (Vai, 83), Shotar (Ristich, 79), Sambiya, Labord, Mavididi.
Chetlatish: Sambiya (73).

Anje — Renn 2:0
Gollar: Bufal (57), Cho (88).
Anje – Bernardoni, Traore, Manko, Toma, Dumbiya, Kabo, Mendi, Mangani (Unai, 77), Fyuljeni, Bufal (Kapel, 77), Cho (Baoken, 90).
Renn – Gomis, Traore, Agerd, Bade, Meling, Te (Del Kastiyo, 73), Burijo (Mayer, 82), Santamariya, Tere (Girassi, 46), Ablin (Omari, 46), Sulemana (Kamavinga, 46).
Chetlatish: Bade (43).

Klermon — Mets 2:2
Gollar: Niakate (35, avtogol), Rashani (58) — Niane (10, penalti), Desma (29, avtogol).

Lans — Loryan 2:2
Gollar: Klauss (24), Fofana (70) — Lorente (27), Monkodua (35).

Strasburg — Brest 3:1
Gollar: Prsich (24), Dyuvern (42, avtogol), Tomasson (84) — Kardona (26).

image