fbpx Betguru » Bundesliga. «Volfsburg» «Leypsig»ni mag‘lub etib peshqadamga aylandi, «Borussiya» M Berlinda yutqazdi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Volfsburg» «Leypsig»ni mag‘lub etib peshqadamga aylandi, «Borussiya» M Berlinda yutqazdi

Germaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Volfsburg» o‘z maydonida «Leypsig» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonib, ochkolarini 9taga yetkazib oldi va 1-o‘ringa chiqib oldi. «Buqalar» esa 3 ochko bilan 10-pog‘onada.

«Union» esa Berlinda «Borussiya» Myonxengladbaxni mag‘lub etib, 5 ochko 8-pog‘onaga ko‘tarildi. 1 ochkoga ega «Gladbax» 15-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga. 3-tur. 29 avgust
Volfsburg — Leypsig 1:0
Gol: Russiyon (52).
Volfsburg – Kastels, Mbabu, Bruks, Lakrua, Russiyon, Arnold, Shteffen (Marmush, 88), Shlager (Gilavogi, 70), Filipp (Nmecha, 78), Baku, Vegorst.
Leypsig – Gulachi, Klostermann, Orban, Simakan (Brobbi, 86), Gvardiol (Mukiyele, 86), Forsberg, Nkunku, Adams (Kampl, 86), Aydara (Laymer, 59), Soboslai (Poulsen, 68), Andre Silva.

Union Berlin — Borussiya M 2:1
Gollar: Gisselman (22), Avoniyi (41) — Hofmann (90+1).
Union Berlin – Lyute, Trimmel, Knoxe, Baumgartl, Yekkel, Gisselmann, Xaraguti (Ryuerson, 61), Xedira (Grisbek, 82), O‘ztunal (Toyxert, 82), Kruze (Foglzammer, 82), Avoniyi (Berens, 73).
Borussiya M – Zommer, Skalli, Elvedi, Bayer, Bensebayni, Shtindl, Kramer (Zakariya, 46), Hofmann, Volf (Herrmann, 46), Noyhaus (Benesh, 84), Plea (Bennetts, 72).

image