fbpx Betguru » APL. «Tottenhem» mehmonda g‘alabaga erishdi, «MYU» ochko yo‘qotdi
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

APL. «Tottenhem» mehmonda g‘alabaga erishdi, «MYU» ochko yo‘qotdi

Angliya Premer-ligasida 2-tur bellashuvlari davom ettirilmoqda.

Tur doirasidan o‘rin olgan «Sauthempton» – «Manchester Yunayted» uchrashuvida jamoalar 1:1 hisobida durang natija qayd etishdi. «Tottenhem» «Vulverhempton» maydonida minimal hisobda g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, londonliklar 6 ochko to‘plagan holda peshqadamlar qatoriga qo‘shildi. «Manchester Yunayted» hisobidagi ochkolar esa 4taga yetdi. «Sauthempton» uchun bu mavsumdagi dastlabki ochko bo‘ldi. «Vulvs» esa hamon 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onalarni band etib turibdi.

APL. 2-tur
«Sauthempton» – «Manchester Yunayted» 1:1
Gollar: Fred (30, avt.) – Grinvud (55)

«Sauthempton» – Makarti, Perro (Uoker-Piters, 79), Salisu, Stivens, Livramento, Jenepo (Diallo, 70), Uord-Prouz, Romeu, Uolkott (Bednarek, 46), Armstrong, Adams.
«Manchester Yunayted» – De Xea, Shou, Maguayr, Lindelyof, Uan-Bisakka, Fred (MakTominey, 76), Matich (Lingard, 86), Pogba, Grinvud, Fernandesh, Marsyal (Sancho, 59).

«Vulverhempton» – «Tottenhem» 0:1
Gol: Dele Alli (9)

«Vulverhempton» – Sa, Sess (Silva, 84), Koudi, Kilman, Markal, Semedu, Nevesh, Moutino (Dendonker, 72), Traore, Trinkau (Nuri, 84), Ximenes.
«Tottenhem» – Loris, Regilon, Dayer, Sanches, Tanganga, Xyoyberg, Skipp, Alli, Lukas Moura (Lo Chelso, 67), Bergveyn (Uinks, 90+1), Son (Keyn, 72).

image