fbpx Betguru » Bundesliga. «Leypsig» «Shtutgart»ni tor-mor etdi, Soboslaida dubl
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Leypsig» «Shtutgart»ni tor-mor etdi, Soboslaida dubl

Germaniya chempionatining 2-turini boshlab bergan bahsda «Leypsig» o‘z uyida «Shtutgart» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Soboslai dublga erishgan bo‘lsa, Forsberg va Silva ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

«Leypsig» 3 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Xuddi shuncha ochkoga ega «Shtutgart» 7-pog‘onada.

Bundesliga. 2-tur

Leypsig — Shtutgart 4:0
20 avgust, «Red Bull Arena»
Gollar: Soboslai (30, 52), Forsberg (46), Silva (65, penalti).
Leypsig – Gulachi, Klostermann, Orban (Mukiyele, 76), Simakan, Gvardiol, Forsberg, Nkunku (Poulsen, 82), Adams, Aydara (Zabitser, 69), Soboslai (Laymer, 69), Andre Silva (Hvan Hi Chan, 69).
Shtutgart – Myuller, Kempf, Anton, Mavropanos (Shtensel, 84), Sosa, Massimo, Endo, Klement (Miyo, 73), Ferster (Tommi, 81), Klimovich (Kalayjich, 73), Al-Gaddiui (Didavi, 46).
Ogohlantirishlar: Kempf (64), Ferster (68), Mavropanos (71).

image