fbpx Betguru » Jeko «Inter»da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga yetib keldi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Jeko «Inter»da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga yetib keldi

«Roma» klubi forvardi Edin Jeko yangi mavsumni «Inter» safida boshlashi kutilmoqda. Читать на Рус языке

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, bosniyalik 35 yoshli forvard «Inter» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milan shahriga yetib kelgan. Jeko amaldagi chempion klub bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolashi kutilmoqda. Milanliklar rahbariyati jamoani tark etayotgan Lukaku o‘rniga Jekoni ko‘rmoqda.

Avvalroq, «Roma» Eldor Shomurodov bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, Jeko o‘rniga «Chelsi»dan Temmi Abrahamni taklif etishi haqida xabar qilingandi.

image